Toshkentda 12 yashar qiz o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentda 12 yashar qiz o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Holat joriy yilning 28 noyabr kuni soat taxminan 17:24 larda ro‘y bergan. Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, tumanda joylashgan 241-maktabning 7A-sinf o‘quvchisi Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasi, 203-uyda yashovchi 2010 yilning 1 iyulida tug‘ilgan, voyaga yetmagan Z.A. yashash xovlisidagi daraxtga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi Yunusobod filialining 29 noyabrdagi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumaning o‘limi “bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan tiqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya”dan yuz berganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing