Toshkentda 119 kishini 714 mln so‘mga “uxlatgan” shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida avtokredit berishni va’da qilgan firibgar korxona rahbari faoliyati fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.A.” xususiy korxonasi rahbari D.T. faoliyati davomida noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, fuqarolarni yillik ustami to‘lovi 12 foizni tashkil etuvchi avtokredit berishga qiziqtirib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Xususan, korxona rahbari 119 nafar fuqaroni yuqoridagi shart bilan avto kredit berishga ishontirib, ular bilan 4 oy mobaynida tuzilgan shartnomalarga asosan avtomashina narxining 6 foiz miqdorida oldindan to‘lov shaklida korxona hisob-raqamiga o‘tkazilgan 713,8 mln so‘mni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing