Toshkentda 11 ta tadbirkorga 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan firibgarlar ushlandi
Jamiyat
−
12 mart 2021
6951Toshkent shahri Olmazor tumanida 11 ta tadbirkor manfaatlariga 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan firibgarlar faoliyati fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, “M.m.” “A.” va “Y.f.” MCHJ rahbarlari hamda boshqalar oldindan o‘zaro til biriktirib, 11 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan olingan 3,6 mlrd so‘mlik dori vositalarini naqd pulga sotib yuborgan. Savdodan tushgan pullarni to‘lamasdan firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi