Toshkentda 10 ming dollar evaziga TDYUUga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida Toshkent davlat yuridik Universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing