Kurs UZS

USD

12 929.37

-17.7

EUR

13 963.72

-69.61

RUB

152.87

-2.14

Toshkentda 1,2 mln dollarni chegaradan yashirib o‘tkazishga uringanlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida jami 1 mln 273 ming 170 dollarni deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, DXX xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida mamlakatdan qo‘shni davlat tomon harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi ma’lum bo‘lgan. Aniqlanishicha, u mazkur pul mablag‘ini deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu xorijiy valyutalarni Toshkent shahridagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan yig‘ib, mazkur ayolga bergan – poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroning Toshkent tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tish uchun tayyorlab qo‘yilgan 399 ming 170 AQSH dollari borligi ham aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 1 mln 273 ming 170 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘lab turuvchi Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara postida pnevmatik qurol va 1 500 dona o‘qni yashirincha olib kirishga uringan fuqaro ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bojxona Davlat xavfsizlik xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing