Qashqadaryo va Xorazm viloyati hokimlariga ogohlantirish berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Yakkabog‘ tumani hokimi (Donayev), tuman prokurori (Xalilov) tuman hokimini qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (Tuymayev) lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida hududlarni obodonlashtirish, arxitektura qiyofasini yaxshilash ishlarini amalga oshirishda davlat va jamoat extiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan turar va noturar joylarni buzish ishlarini tashkil etishda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda o‘tdi. Prezidentning tadbirkorlarning mol-mulki daxlsizligi va uni buzish hamda ularga zarar yetkazish qat’iy taqiqlanishi bo‘yicha bergan topshiriqlarini buzganligi uchun Yakkabog‘ tumani hokimi (Donayev), tuman prokurori (Xalilov) tuman hokimini qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (Tuymayev)ning xatti-harakatlari keskin tanqid qilindi va egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur Tuymayev Xurramovich o‘z vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Urganch shahar hokimi (Abdullayev), shahar prokurori (Davlatov)ga yo‘l qo‘ygan xatolari uchun xayfsan e’lon qilindi.

Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyevga yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun qattiq ogohlantirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing