Toshkentda haydovchi YPX xodimini avtomobil kapotida sudrab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqdarda haydovchi YPX xodimini avtomobil kapotida sudrab ketayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati bayonot berdi.

Videolavha o‘rganilganda, bugun, 4 yanvar kuni soat 10:15 larda, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Shahrisabz va O‘zbekiston ovozi ko‘chalari kesishgan chorrahada Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Nexia rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l belgisiga amal qilmasdan ortga qayrilib olgan vaqtida to‘xtash ishorasini bergani aniqlangan.

Haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. Mirobod tumanining Amir Temur va Sodiq Azimov ko‘chalari kesishgan chorrahada qoidabuzar haydovchi uni to‘xtatishga uringan YPX xodimining ustiga avtomobilini haydab borgan va xodim avtomobil kapoti ustida osilib qolgan holatda 10-20 metr masofaga harakatlangan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida transport vositasi to‘xtatilgan.

1993 yilda tug‘ilgan haydovchi B.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 135 va 194-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

639

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing