Toshkentda havo haroratining 3 asrlik rekordi yangilandi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida joriy yil 3-7 iyun kunlari shu kun uchun rekord issiq havo haroratlari qayd etildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida 3-7 iyun kunlari kuzatilgan maksimal havo harorati deyarli o‘tgan asr boshlari va XIX asr oxirlarida ushbu kunlarda qayd etilgan maksimumlarni yangiladi.

Toshkent shahrida kuzatuvlar tarixida qayd etilgan eng yuqori havo harorati +44,6 darajaga yetgan bo‘lib, bu ko‘rsatgich 1997 yil 18 iyulda kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3-7 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududlarida Eron hududlaridan issiq havo massalari kirib kelishi, havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishi va o‘rtacha sutkalik havo haroratining shu kunlar uchun xos bo‘lgani iqlimiy me’yor qiymatlaridan 7-10 daraja yuqorilashi to‘g‘risida axborot xabari berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

528

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing