Toshkentda harbiy dala oshxonalari tashkil etildi

Jamiyat

image

Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida harbiy dala oshxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda vazirlik axborotida so‘z borgan. 

Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy dala oshxonasi fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Shuningdek, ularning vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun kitoblar, ko‘ngilochar vositalar, shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil etilgan. 

Harbiy dala oshxonalari tashkil etilgan hududlar ro‘yxati: 

•    Mirzo Ulug‘bek tumani  – “Alisherobod” va “Olimlar mehallasi” (90-074-63-66, 91-773-02-42);

•    Mirobod tumani – “Birodarlik” va “Parvona” mahallalari (88-548-19-74, 97-293-80-30);

•    Yakkasaroy tumani – “Bobur” va “Boshliq” mahallalari (99-817-79-56, 99-837-79-56);

•    Olmazor tumani – “Quyosh” va “Shodiyona” mahallalari (97-759-91-77, 97-749-92-46);

•    Yangihayot tumani – “Navqiron” mahallasi (77-019-22-19);

•    Uchtepa tumani – “Ko‘hna cho‘ponota” va “Vatan” mahallalari (00-244-42-29, 88-244-42-29); 

•    Chilonzor tumani – “Sharaf” mahallasi (97-484-92-73); 

•    Yashnobod tumani – “Jarboshi” va “Shironobol” mahallalari (99-494-95-14, 97-034-00-52);

•    Yunusobod tumani – “Otchopar I” va “Posira” mahallalari (97-463-08-75);

•    Shayxontohur tumani – “Yangi Beltepa” mahallasi (97-345-09-82);

•    Sergeli tumani – “Xonobod” va “Sadoqat” mahallari (99-052-66-83, 99-324-73-06).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing