Toshkentda hujralarda bolalarni kaltaklab, diniy ta’lim berayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yashirin ravishda, hujralarda diniy ta’lim berayotganlar qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralarining Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirida 3 nafar fuqaro o‘z xonadonlarida hujralar tashkil etib, yosh bolalarga diniy saboq berayotgani aniqlangan. Bu haqda “Yoshlar” telekanalidagi lavhada so‘z bordi.

Aniqlangan hujralarda jami 32 nafar bola diniy saboq olayotgani aniqlangan. Hujralar tashkil etilgan xonadonlar ko‘zdan kechirilganda, u yerdan yog‘och kaltak, pichoq, pnevmotik qurol topilgan. Shuningdek, hujralar egalarining qo‘l telefonlarida diniy ekstremistik oqimlar va terrorchi tashkilotlarning g‘oyaviy rahbarlarining jihodga chorlovchi audio, videomateriallari borligi aniqlangan.

Hujralarning birida 17 nafar, ikkinchisida 11 nafar, uchinchisida esa 4 nafar voyaga yetmagan bola diniy saboq olayotgan bo‘lgan. Noqonuniy diniy ta’lim vaqtida bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. 

Hozirda mazkur hujralarni tashkil qilganlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing