Toshkent jamoat transportida tariflarning yangi turlari joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jamoat transporti yo‘nalishlarining magistral, halqa, bog‘lovchi va yetkazib beruvchi turlari joriy qilinishi munosabati bilan tariflarning ham yangi tabaqalashtirilgan turlari joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan.

Tabaqalashtirilgan tariflar yo‘nalish turi, metropolitenda qatnov masofasi va transport turidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi (magistral va halqa yo‘nalishlari tarifi, bog‘lovchi yo‘nalish tarifi, yetkazib beruvchi yo‘nalish tarifi, masofaga bog‘langan metro tarifi, bir transportdan ikkinchi transportga o‘tish tarifi).

Yo‘lkira haqi to‘lanishi ustidan zamonaviy nazorat tizimini yaratish uchun:

•    maxsus kiyim, bodi kamera va planshetlarga ega yo‘nalish nazoratchisi lavozimini joriy etiladi va ularga yo‘lkira haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga o‘rnatilgan tartibda jarima qo‘llash huquqi beriladi;

•    yo‘nalish nazoratchilari foydalanadigan dasturlar Ichki ishlar vazirligining tegishli dasturlariga integratsiya qilinadi va normativ-huquqiy hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi.

Konsepsiyaning ushbu bandi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqiladi. Loyihada:

•    avtobus yo‘nalishlari turidan kelib chiqqan holda tabaqalashgan tariflarni joriy etish;

•    yo‘lovchi transportida yo‘lkira haqi to‘lovlari elektron to‘lovlar orqali amalga oshirilganda tarif bo‘yicha chegirmalar joriy etish;

•    Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 17 sentyabrdagi 273-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing