Toshkent yer usti metro liniyasini qurish qanchaga tushishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan. 

Qarorga ko‘ra, belgilangan mablag‘ning 208,4 mln dollari davlat byudjetidan, 108,4 mln dollari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan kredit sifatida jalb qilinadi. Qolgan 500 ming dollari Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Eksimbanki kreditlari hisobiga hamda 37,07 mln dollari esa davlat ulushi hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Loyihaning kapital qo‘yilmalar hajmi 317 288 mln dollarni tashkil etadi.

Mablag‘larning asosiy qismi mashina va uskunalar sotib olishga, qurilish-montaj ishlariga hamda investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlarga yo‘naltiriladi. 

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining krediti — to‘rt yillik imtiyozli davr bilan 15 yilga hamda XXR Eksimbanki kreditlari besh yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga berilishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing