Toshkent yopiladimi? IIV rasmiysi izoh berdi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2022
36216Ijtimoiy tarmoqlarda 12 sentyabrdan 13 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 dan poytaxt Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish yopilishi haqida xabarlar tarqaldi. Bunga ichki ishlar xodimining shaharlararo qatnovchi haydovchilarni shu haqda ogohlantirgani aks etgan video sabab bo‘ldi. Xususan, xodimlar “Abu-Saxiy” savdo majmuasi yonidagi haydovchilarni shu haqda xabardor qilgan.
“Yo‘llarimiz yopiladi. Qachon ochilishi aniq emas. Shuning uchun sekin-asta uy-uylaringa ketinglar. Toshkent shahrida “stoyanka”lar yopiladi. Ko‘chalarga chiqib, mashinada uxlab qolib yurmang”, deydi YPX xodimi haydovchilarga.
QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik kiritish uchun IIV Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov bilan bog‘landi. Rasmiy vakil poytaxt yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
“Toshkent yopilishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri. Videodagi xodim kim ekanini aniqlaymiz. Holatga aniqlik kiritamiz”, dedi G‘iyosov.
G‘iyosovga ko‘ra, videotasvirlarda SHHT sammiti doirasida Samarqand shahrini aylanib o‘tish yo‘llarini tushuntirish ishlari aks etgan.
LiveBarchasi