Sergeli metro liniyasida 6 ta bekat qurilishi yakunlandi

Jamiyat

7

Toshkent shahridagi Sergeli tumanida qurilayotgan yer ustki metrosida temir-beton konstruksiya ishlari 100 foiz bajarildi. Yangi yer ustki metro liniyasi 6 ta bekatdan iborat bo‘lib, uning umumiy uzunligi 6.9 kilometr masofani tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma’lum qildi.

Tumandagi yangi “Sergeli” yer ustki metro liniyasi “Choshtepa”, “Toshkent xalqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq” bekatlaridan iborat. Barcha bekatlarda qurilish ishlari tugatilib, ayni vaqtda ularda qoplama ishlari bajarilmoqda.

Hozirda yer osti ishlari tugatilgan. 1400 dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayni vaqtda yer usti metro liniyalarida temiryo‘l panjaralarini o‘rnatish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Avvalroq, Yashnabod tumanida 7 bekatdan iborat yer ustki metro liniyasi qurib foydalanishga topshirilgan edi. Mazkur yangi ochilgan metro bekatlari 30 avgustdan aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing