Toshkent viloyatidagi qamoqxonada ikki mahkum joniga qasd qildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi qamoqxonada 20 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkumlar A.Ya. va T.D. joriy yilning 19 iyun kuni koloniya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga rioya qilmasdan, o‘zlarining yashash sahniga kirish o‘rniga 2-yashash sahnidagi tanishlari oldiga yashirin ravishda o‘tib, hech kimning ruxsatisiz, qoidalarni buzgan holda oldindan adovati bo‘lgan 5-turkumda jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkum A.Yu.ning qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan shaxsiyatiga tegib, qo‘pol muomalada bo‘lgan. Shuning uchun koloniya xodimlari tomonidan A.Ya. va T.D. intizomiy jazoga tortilgan.

Bundan norozi bo‘lgan mahkumlar A.Ya. va T.D. binoning ikkinchi qavatidan koloniyaning taqiqlangan va yashash sahni tomonga qarab o‘zlarini uloqtirgan. Mahkumlar A.Ya. va T.O.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Hozirgi kunda ularning sog‘ligi qoniqarli holatda.

Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi va natijasiga ko‘ra, ushbu holatda jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad  etildi”, deyiladi prokuratura munosabatida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

986

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing