Toshkent viloyatidagi bog‘chada salkam 1 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat
−
24 yanvar 2021
6054Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi hamkorligida Toshkent viloyati Zangiota tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.
Uning natijasida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan 2014-2020 yillar davomida 37 nafar shaxslarni turli lavozimlarga rasmiylashtirib, ular haqiqatda ishlamagan bo‘lsada “o‘likjon” xodimlar nomiga 983,5 mln so‘m ish haqi hisoblanib, plastik kartalar orqali noqonuniy hisobdan chiqarilgani aniqlangan.
LiveBarchasi