“VAZ-2103” ikkinchi sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bola voqea joyida vafot etgan

3-sahifa

image

Joriy yilning 20 iyul kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida ikkinchi sinf o‘quvchisi YTH qurboni bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat 22:00 larda Toshkent–Nurafshon–Ohangaron avtomobil yo‘lining 40-kilometrida “VAZ-2103” rusumli avtomobil yo‘lni kesib o‘tayotgan ikkinchi sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Bola esa vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, olib borilgan tezkor tadbir natijasida voqeani sodir qilgan haydovchi va avtomobil topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing