Toshkent viloyatida paxta titish uskunasi 24 yoshli ishchining oyog‘ini tortib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi qog‘oz ishlab chiqarish sehida 24 yoshli ishchining oyog‘ini tortib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 aprel kuni soat 15:30 larda Yangiyo‘l tumani Qirsadoq mahallasi hududida joylashgan qog‘oz ishlab chiqarish sehida ishlovchi 24 yoshli T.U. paxta titish uchun mo‘ljallangan “Shneg” rusumli uskunada xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ishlayotgan vaqtida, uskuna uning o‘ng oyog‘ini tortib ketgan.

Sud tibbiy ekspertizasida fuqaro T.U. “og‘ir” tan jarohatlari olgani ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida mazkur sex rahbarlari va mas’ul smena boshliqlari tomonidan , ushbu uskunada ishlash uchun yetarli xavfsizlik choralari ko‘rilmagani, xavfsizlik talablari va texnik qoidalar buzilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 1-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing