Toshkent viloyatida Lacetti muzlagan ko‘lmakka botib qoldi (video)
Jamiyat
−
26 yanvar 2023
10552Bugun, 26 yanvar Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi Chinoz tumanidagi yo‘lda hosil bo‘lgan muzlab qolgan ko‘lmak ustidan harakatlanishi oqibatida muz yorilib, avtomashina botib qolgan. Shu sababli haydovchi mashina ichida qolib ketgan.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, muz orasida qolib ketgan haydovchi, uning yo‘lovchisi hamda avtomashinasiga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumani “Ayqiron” MFY hududidan oqib o‘tuvchi katta Namangan kanaliga Nexia 2 rusumli avtomobili tushib ketgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi