Toshkent viloyatida erkak sobiq xotinini do‘pposladi
3-sahifa
−
25 may 2022
18241Toshkent viloyatida turmush o‘rtog‘ini do‘pposlagan erga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda “Nemolchi” loyihasi ma’lum qildi.
Voqea joriy yilning 22 may kuni sodir bo‘lgan. Erkak sobiq xotinining oldiga 2 yoshli qizini ko‘rgani kelgan. Sobiq turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi mojaro bolalarning buyumlari tufayli yuzaga kelgan. Erkak sobiq xotinidan qiziga o‘zi sotib olgan kiyimni kiydirishni talab qilgan. Ayol uning oldida eshikni yopib, ularni qarashini aytganida, gumonlanuvchi bolani uning qo‘lidan tortib olib, temir eshikka bir necha marta urgan.
Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha Zangiota tuman IIB tomonidan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Mazkur modda bilan aybdor deb topilgan shaxs 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi yoki jarima bilan qutilib qolishi mumkin.
LiveBarchasi