Toshkent viloyatida 5 kilodan ortiq “opiy” musodara qilindi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oldindan kuzatuvga olingan Samarqand shahrida yashovchi, 2001 va 2002 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs muqaddam qo‘shni respublikadan kontrabanda qilingan 5 kg 160 gr “opiy” moddasini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan olib ketayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing