Toshkent viloyatida 350 mln so‘mlik dorilarni noqonuniy sotayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida juda ko‘p miqdordagi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda, Toshkent tumanida fuqaro X.N. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 5000 dona “Geparin” dori vositasini dorixona va uning filiallaridan tashqarida xaridorga 20 ming AQSH dollariga, xuddi shunday Yangiyo‘l tumanida fuqaro I.I. 8000 dona “HepaCare” nomli dori vositasini 148,8 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan X.N. va I.I. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing