Toshkent viloyatida 2,4 mingga yaqin mahkum muddatidan oldin ozod etilgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida 2021 yil ichida 2,4 mingga yaqin mahkum muddatidan oldin ozod etilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2021 yilda Toshkent viloyati IIBB Probatsiya bo‘limi Probatsiya hisobida turuvchi nazoratdagi shaxslar bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbir va sayyor sudlarda, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, cheklovlarga to‘liq rioya etgan 2 ming 398 nafar nazoratdagi shaxsning jazosi muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan.

Ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha 134 marotaba mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda 14 ming 343 nafariga ishga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berilgan, 3 ming 793 nafari ishga joylashtirilgan. Shuningdek, 422 nafari kasbga yo‘naltirish bo‘yicha bepul o‘quv kurslariga borishi ta’minlanib, 220 nafari qayta kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘qitilgan.

“Olib borilgan chora tadbirlarga sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmay, jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgani uchun 155 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish joyiga qaytarilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Mustaqilligining 30 yilligi arafasida 215 nafar mahkumni, Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar hamda Navro‘z bayrami arafasida 140 nafar mahkumni avf etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing