Toshkent viloyatida 100 ga yaqin ta’lim muassasasi karantinga olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati hududidagi 64 ta maktab to‘liq va 8 ta ta’lim muassasasining faqatgina 11 sinf o‘quvchilari onlayn ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Shuningdek, 9 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 7 ta MTT to‘liq va 2 ta guruh onlayn rejimga o‘tqazildi.

Xabarga ko‘ra, viloyatda jami 891 ta’lim muassasasi, 514 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi 1, 2 sonli kasb-hunar maktablari, Chirchiq shahridagi Chirchiq tibbiyot texnikumi,CHDPI akademik litseyi va Chirchiq davlat pedagogika instituti hozirgi ish faoliyatlarini onlayn rejimda olib borishmokda.

Avvalroq, O‘zbekiston bo‘ylab karantinga olingan maktablar soni 243 taga yetgani xabar qilingandi.

 

Shoxsanam Doniyorova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing