Toshkent viloyatida 1,6 mlrd so‘m imtiyozli kredit talon-toroj qilindi
Jamiyat
−
30 Aprel 2021 5254 1 daqiqa
Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi va yoshlar bandligini ta’minlashga oid qonunlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilgan. Ammo ushbu dastur doirasidagi mablag‘larni noto‘g‘ri sarflash va talon-toroj qilish holatlari uchrab turibdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan ATB “Hamkorbank” va ATB “Xalq banki” mansabdor shaxslari dastur doirasida ajratilgan 1,6 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganlari aniqlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishlarda imtiyozli kreditlarning ajratilishi, ulardan oqilona va samarali foydalanish borasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan keskin choralar ko‘rib kelinmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr