Toshkent viloyatida hokimlik xodimi $18 ming bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi xodimi 18 ming AQSH dollari  bilan ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Zangiota tumani hokimligi xodimi 2 nafar fuqaroni Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtida o‘qishi haqida soxta hujjatlar tayyorlab, so‘ngra ularning o‘qishlarini poytaxtdagi oliygohlardan birining 2-bosqichiga ko‘chirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u fuqarolardan 18 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, xorijiy davlatlardagi OTMlarga o‘qishga kirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanuvchi, Toshkent shahridagi MCHJ rahbari ushlangan. 

U Qozog‘iston fuqarosi bilan kelishgan holda 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirgan. So‘ng ularni Qozog‘iston Respublikasidagi oliygohlardan birining 1-bosqichini tamomlaganliklari haqidagi hujjatni tayyorlab berish evaziga har biridan 15 mln so‘mdan pul mablag‘i talab qilgan.

Buning ortidan u MCHJ hisob raqamiga umumiy 9 mln so‘m, Qozog‘iston fuqarosi nomiga 1900 AQSH dollari o‘tkazilgani to‘g‘risida 4 dona kvitansiyalarni qabul qilib olgan vaqtida, DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va IJQK departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda poytaxtdagi nufuzli oliygohlardan birining 3-bosqich talabasi 2 nafar fuqarodan 2 ming AQSH dollari olgan shaxs  ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, u Qozog‘iston Respublikasidagi oliygohlardan birining 2-bosqichini tamomlagani haqida soxta hujjat olib berib, mazkur hujjat orqali Toshkent shahridagi xususiy universitetning 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing