Toshkent viloyatida haydovchi YPX xodimini tosh bilan urmoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
02 aprel 2021
8478O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda "GAIning duxini sindirish bo‘yicha master klass" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berdi. Unda haydovchi YPX xodimini qattiq jism bilan urmoqchi bo‘lgani aks etgan.
Joriy yilning 31 mart kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi A.Abdurahimov 4R6 “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 17-kilometrida 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi avtomobilni svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlangani uchun to‘xtatgan va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirgan.
O‘zaro muloqot vaqtida haydovchi bayonnoma tuzilganidan g‘azablanib, yerdan qo‘liga qattiq jism olib, jism bilan urish niyatida inspektorni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.
Vaziyat atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi