Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan Kurbanov Abdujalil Tuxtamurodovich Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lumotiga tayanib, Xalq so'zi xabar bermoqda.

Abdujalil Kurbanov 1974 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 1996 yilda Samarqand moliya kollejini, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi faoliyatini 1996 yilda Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasida boshlagan A.Kurbanov, 23 yil davomida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Hozirgi kunga qadar Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Shu bilan birga, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich tayinlandi.

A.Inagamov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

2002 yildan buyon soliq tizimidagi 17 yillik mehnat faoliyati davomida Toshkent shahrining Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda shu kunga qadar Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Abdujalil Kurbanov Inagamov Alovitdin

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar