Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi
Jamiyat
−
04 iyun 2019
10278O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asosan G‘ulomjon Inomovich Ibragimov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, G‘ulomjon Ibragimov 1958 yili Toshkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. U 1980 yilda Toshkent politexnika institutini, 2003 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy ishbilarmonlik maktabini tamomlagan.
Ancha yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004–2010 yillarda “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2010 yildan beri O‘zbekiston hukumati tarkibida bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
G‘ulomjon Ibragimov 2017 yilning noyabr oyida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 2018 yilning 5 yanvar kuni Prezident tomonidan rasman hokim etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi