Toshkent va Namanganda ko‘chalarga yana Usmon Nosir nomi beriladi

Jamiyat

image

2022 yilda Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlanadi. Bu haqda kecha, 10 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti imzolagan “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorda belgilandi.

Qaror bilan Usmon Nosir tavalludini nishonlash bo‘yicha bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, shoir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida, jumladan:

•    Usmon Nosir hayoti va faoliyatini, xususan, uning qatag‘on davrida kechgan yillarini o‘rganish, hozirga qadar noma’lum bo‘lib kelayotgan qo‘lyozma asarlarining taqdiri haqida ma’lumotlar to‘plash maqsadida ishchi gyruh tuzilib, uning Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi tegishli arxiv materiallari bilan tanishishi uchun sharoit yaratiladi;
•    Namangan shahrida Usmon Nosir haykali o‘rnatiladi;
•    Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko‘chalarga Usmon Nosir nomi beriladi;
•    umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Unutmas meni bog‘im” mavzuida insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Toshkentda Yangi Sergeli ko‘chasidan Bobur ko‘chasi chorrahasiga bo‘lgan yo‘l Usmon Nosir ko‘chasi hisoblanadi. Shuningdek, Namangan shahrida ham Usmon Nosir ko‘chasi bor. Shoirning nomini olgan ko‘cha Bobur hiyoboniga tutashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing