Toshkent va Qobul o‘rtasida parvozlar keyingi haftadan tiklanadi – OAV

Jamiyat

image

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida Qobul va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov kelasi haftadan tiklanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarda havo tranziti muammosi hal qilingani aytilgan. Kelgusi haftadan Qobul-Toshkent va Toshkent-Qobul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari boshlanishi kerak.

Afg‘oniston bilan parvozlar tiklanishi haqida ma’lumot olish uchun Transport vazirligi Matbuot kotibi bilan bog‘landik. U bu masala rasman hal etilmaginini ma’lum qildi.

Vazirlik vakiliga ko‘ra, afg‘on tomoni parvozlarni shu muddatda tiklashni rejalashtirmoqda.

“Hozircha bizda bunday ma’lumotlar yo‘q”, dedi O‘zbekiston Transport vazirligi vakili.

Qayd etish kerakkki, bu masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Qobul shahriga tashrifi vaqtida ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Biroq O‘zbekiston TIV bu haqda ma’lumot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing