Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaparvozlar kuchli qor sabab kechiktirildi

Olam

image

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 07:40 da Toshkentdan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan HY-271 reysi kuchli qor sabab kechiktirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Istanbul xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli qor, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli faqat 25 yanvar kungi HY-271 Toshkent—Istanbul reysi 13:00 ga ko‘chirilgan.

Bundan tashqari, Istanbul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan HY-072 reysi Istanbul vaqti bilan soat 12:30 dan 17:50 ga ko‘chirilgan. Shuningdek, Urganch—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiladigan HY-056 reysi vaqti 16:20 dan 20:05 ga o‘zgartirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing