Toşkent va Farğonada narkosavdogarlar 5 kg “gaşiş” bilan uşlandi (video)
3-sahifa
−
16:58 459 2 daqiqa
Toşkent va Farğonada qariyb 5 kilogramm “gaşiş” moyi va “gaşiş” moddasi aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, DXX Toşkent şahar boşqarmasi xodimlari poytaxt IIBB bilan hamkorlikda Yunusobod tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan şaxsni töxtatib, tekşirgan. Uning yonidan uçta kiçik idişda jami 257 gramm “gaşiş” moyi topilgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaroning yaşaş manzilidan yana 2 kilogramm 831 gramm “gaşiş” moyi hamda elektron tarozi aşyoviy dalil sifatida olingan. Şuningdek, uning internet orqali faoliyat yurituvçi narkodökonda işlagani aniqlangan.
Bundan taşqari, DXX Farğona viloyati boşqarmasi viloyat bojxona va içki işlar boşqarmalari bilan hamkorlikda narkotik moddalar savdosiga qarşi tezkor tadbirlar ötkazgan.
Jumladan, Farğona tumanida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan şaxs qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kelingan 982 gramm “gaşiş”ni şartli xaridorga 10 ming 700 AQŞ dollariga sotmoqçi bölganida uşlangan.
Yana bir holatda Farğona şahrida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan fuqaro qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kelingan 956 gramm gaşişni qabul qilib olgan. Narkotik modda Farğona tumanidagi yaşirin joyga qoldirilgan bölib, fuqaro uni olib, uyiga qaytayotgan vaqtida qölga olingan.
Bildirilişiça, hozirda uçala holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 20 kilogrammdan ortiq ekstraksiyali “opiy”ning noqonuniy olib kirilişiga çek qöyilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr