Toshkent va Buxoroda o‘qishga kiritish evaziga jami 76 mln talab qilganlar ushlandi 

3-sahifa

image

Fuqaroni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga 5 000 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida fuqaro M.A. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.ni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Buxoro davlat universiteti talabasi Yu.Sh. fuqaro B.ning qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi universitetidagi o‘qishini o‘zi ta’lim olayotgan universitetning jismoniy tarbiya fakultetiga ko‘chirtirib berish evaziga 22 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganida qo‘lga olingan. 

Shundan so‘ng, Yu.Sh. tekshiruv davomida o‘z aybiga iqror bo‘lib qaytargan 5 million so‘mi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing