Toshkent tumanidagi xonadonlardan biri alanga ichida qoldi

Jamiyat

ффффффф

Toshkent tumanida yong‘in kelib chiqdi. Natijada uyining 90 kvadrat metr maydoni yongan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizlik boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 22 oktyabr kuni soat 02:12 da Toshkent tumani Ahilobod ko‘chasi 117-uyida yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 3 ta asosiy yong‘in o‘chirish bo‘linmalari  va 1 ta yordamchi suv tashuvchi maxsus texnika jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:11 da o‘rab olinib, soat 03:21 da bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida yashash uyining 90 kvadrat metr maydoni, uyning tomi, shifti va ichki jihozlari yong‘indan zararlangan. Uyning 150 kvadratmetr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inning taxminiy sababi elektr simlaridagi qisqa tutashuv ekani aytilmoqda. 

Mazkur holatda tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tumanida yong'in kelib chiqdi

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar