Toshkent tumanida 18 yoshli yigit xonadonda hech qanday hujjatsiz sher boqayotgani aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Toshkent tumanida 18 yoshli yigit xonadonda hech qanday hujjatsiz sher boqayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 aprel kuni Toshkent tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga Toshkent tuman ichki ishlar bo‘limi xodimi murojaat qilgan. U shu tumanda yashovchi fuqaro o‘zi yashayotgan uy hovlisida xavfsizlik qoidalariga amal qilmay Afrika sherining bolasini boqayotganini aytgan.

Holat yuzasidan, tezkorlik bilan guruh shakllantirilib, aytilgan manzilda o‘rganish olib borilgan. Natijada holat o‘z tasdig‘ini topgan. 

“Ushbu uyda vaqtincha yashovchi, poytaxtda doimiy ro‘yxatda turgan, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh. A. Afrika sherining bolasini boqayotgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganishlar davomida fuqarodan ushbu sher bolasini olib kelish, saqlash kabi holatlar bo‘yicha kerakli hujjatlar so‘ralganda hech qanday hujjatlari yo‘qligini aytib, o‘zining qiziqishi tufayli hovlisida boqishini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani Ekologiya bo‘liim inspektorlari tomonidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, dalolatnomalar tuzilgan va vaqtincha saqlash uchun sher bolasi “STEPPE TURTLES” f/x pitomnigiga sud qarori qabul qilinguniga qadar topshirilgan.

“Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

630

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing