Toshkent “Tolibon”ning iddaolariga javob qaytardi

Jamiyat

image

Iddao qilinganidek, O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish to‘xtamagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ma’lum qildi. 

Gap shundaki, Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi vakili Hikmatulla Mayvandi videomurojaat qilib, O‘zbekiston o‘z elektr tarmoqlaridagi muammolar tufayli Qobul oldidagi shartnoma majburiyatlarini vaqtincha bajara olmaganini ma’lum qildi. Ushbu murojaat O‘zbekiston tomoni esa buni rad etmoqda. 

Qayd etilishicha, hozirda bitta “Naibobot 1” elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi yetkazib berilmoqda, ikkinchi “Naibobot 2” tarmog‘ida texnik nosozliklar tufayli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti qisqargan, biroq to‘xtatilmagan.

“Shu kunlarda 125 MVt elektr energiyasi yetkazib berilmoqda”, deyiladi O‘zbekiston tomoni bayonotida.

Ma’lumot uchun, Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) – mustaqil va avtonom kompaniya bo‘lib, Afg‘onistonning “Korporatsiyalar va cheklangan javobgarlik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq tashkil etilgan. DABS mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lib, barcha aksiyalari Afg‘oniston hukumatiga tegishli. 

Kompaniya 2008 yil 4 mayda tashkil etilgan. DABS butun Afg‘oniston bo‘ylab elektr energiyasini ishlab chiqarish, import qilish, uzatish va taqsimlashni tijorat asosida boshqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing