Toshkent–Termiz yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘ylab bir qator yo‘nalishdagi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi  Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabariga ko‘ra, temir yo‘l izlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish rejasi asosida “Alatun — Neguz” temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi ko‘prikda modernizatsiya ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinadi va harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. 

24-25 noyabr kuni 80-sonli “Toshkent — Termiz” poyezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 25-26 noyabr kuni 79-sonli “Termiz — Toshkent” poyezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi bekor bo‘lganligi sababli 681-sonli “Sariosiyo-Toshkent” poyezdida ham 25-26 noyabr kunlari ikkita  reys amalga oshirilmaydi.

Ushbu yo‘nalishlar uchun rasmiylashtirilgan chiptalar puli to‘liq qiymatda qaytariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing