Toshkent-Termiz yo‘lida “Zil” yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 16 aprel kuni soat 10:35 da Toshkent-Termiz yo‘lida "Zil-130" rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.     

Ma’lum qilinishicha hodisa Toshkent-Termiz M-39 avtomagistral yo‘lining  832-kilometrida (Yangiyo‘l tumani Nurobod MFY hudidan o‘tgan qismida) sodir bo‘lgan.   

Qayd etiltishicha, yong‘in "Zil"ning motor va kabina qismida  yuzaga kelgan va 10:54da batamom o‘chirilgan.

Mazkur yong‘in oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in sababi va zarari o‘rganilmoqda.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing