Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘lining Farhod ko‘chasi bilan kesishmasi vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, drenaj quvurlarini yotqizish ishlari sababli Kichik halqa yo‘lining Farhod ko‘chasi bilan kesishmasida 4 oktyabr soat 22:00 dan 5 oktyabr soat 07:00 gacha transport vositalari harakati cheklanadi.

Tirbandliklar va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari transport vositalari harakatini to‘liq to‘xtatmagan holda, yo‘l qismlarini qisman yopish orqali olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oqava suv tarmoqlarini yotqizish ishlari sababli Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing