Toshkent shahridagi 73 ta asosiy ko‘chada avtobuslar yo‘lagi tashkil etiladi
Jamiyat
−
31 yanvar 2023
4032Toshkent shahridagi 73 ta asosiy ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etib, chorrahalar o‘tkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda bugun, 31 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish davomida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda yo‘llarda avtobuslar harakati uchun infratuzilma masalasiga to‘xtalib o‘tilgan hamda endilikda avtobuslar o‘rtacha tezligi 1,5 baravar oshib, kechikishlar bartaraf etilishi rejalashtirilgan.
Shundan kelib chiqib, viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
- o‘z hududida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlab, ishlarni boshlash;
- namunaviy bekat loyihasini ishlab chiqib, tadbirkorlarga reklama va bankomat xizmatlarini tashkil qilish uchun vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini kiritish topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi viloyatlarning Transport bosh rejasini tuzishda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi