Toshkent shahrida bir necha ko‘chalar vaqtincha yopildi 

Jamiyat

image

Bugun, 13 sentyabr kuni MDH o‘yinlarida qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish marosimi sababli Toshkent shahrining bir necha ko‘chalarida soat 21:00 dan 24:00 gacha harakatlanish qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Bular:

  • Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi Qumariq 7-tordan TXAYgacha bo‘lgan oraliq 3-aeroport maydonigacha bo‘lgan qismi,
  • I.Karimov bo‘lab Olmazor ko‘chasigacha, 
  • Shayxontohur tumani Olmazor ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq to‘liq cheklanadi,
  • vaqtincha Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sh.Rashidov, A.Navoiy va A.Temur hiyoboni oldi ko‘chalarida harakat cheklanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk bor o‘tkazilgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 91 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so‘ng, eng yuqori ikkinchi ko‘rsatkichdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing