Toshkent shahri kunini belgilash taklif qilindi

Jamiyat

image

17 avgustni Toshkentda Shahar kuni deb e’lon qilish taklif qilindi. Bunday taklifni Poytaxt hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari bildirdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkentda Shahar kunini belgilash haqida gap-so‘zlar anchadan beri yuradi. Toshkent hanuz o‘z bayramiga ega emas. Bundan 90 yil avval, 1930 yil 17 avgustda O‘zbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston Sotsialistik Respublikasi Sovetlar markaziy ijroiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, poytaxt almashinishining sababi asosiy paxta yetishtirish va sanoat hududining Farg‘ona vodiysiga yaqinligini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvini optimillashtirish bo‘lgan. 
Poytaxt hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari 17 avgustga yaqin yakshanba kunini Shahar kuni deb hisoblashni va uni har yili keng nishonlashni taklif etyapti.

Taklif etilayotgan sana qator sabablarga ko‘ra optimal va bayram tadbirlari o‘tkazilishi uchun qulay hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Toshkent 2007 yili Islom madaniyati markazi, deb e’lon qilingan. 2009 yilda esa Toshkentning 2200 yilligi nishonlangan. Shaharda 11 ta tuman mavjud. Shaharda hokimlik vazifasini ayni vaqtda Jahongir Ortiqho‘jayev bajarmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing