Toshkent shahri chegaralari o‘zgarishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining joriy yil 23 iyuldagi qarori bilan shaharning chegaralari o‘zgartiriladi. Bu haqda Toshkent shahar Kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan 7,8 ming gektardan ko‘proq yer maydonlari qo‘shib berilmoqda. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkaziladi:

Hududlardagi o‘zgarishlar quyidagicha:

  • Sergeli tumani tarkibiga Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar;
  • Bektemir tumani tarkibiga Yuqori Chirchiq tumanidan 490 gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2 294,6 gektar;
  • Yashnobod tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2 107,4 gektar yer maydoni qo‘shiladi.

Bundan tashqari:

  • Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Zangiota tumani;
  • Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Endilikda, Toshkent shahar hokimligining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritilishi kutilmoqda.         

                                                         

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                        


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing