Toshkent shahar prokurori “Navro‘z” istirohat bog‘ida yoshlar bilan uchrashdi

Biznes

image

Joriy yilning 23 iyun kuni Toshkent shahridagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Abdulaziz Nazirov, Shayxontohur tuman sektor rahbarlari, tumandagi yoshlar yetakchilari hamda 2 000 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda bitiruvchi va iqtidorli yoshlar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Qizg‘in o‘tgan savol-javoblarda Toshkent shahar prokurori hamda Shayxontohur tumani sektor rahbarlari yoshlarning savollariga javob berar ekan, yoshlarga o‘zlarining maslahatlari va takliflarini ham berib o‘tishgan.

Uchrashuv davomida, yoshlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash maqsadida ularning 21 nafariga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali ajratilgan mehnat qurollari va asbob-uskunalar, jumladan 12 nafar yoshlarga axborot texnologiyalari va dasturlash ishlarini amalga oshirishi uchun zamonaviy noutbuklar, 9 nafar yoshlarga esa tikuvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun tikuv mashinalari topshirildi. Yoshlar ushbu sovg‘alarni Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimovdan qabul qilib oldi. 

Yoshlar ishlari agentligi
Toshkent shahar boshkarmasi matbuot xizmati


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing