Toshkent shahar XTBga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, shuningdek, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Xabarda ta’kidlanishicha, Kozimjon Hasanov ushbu lavozimga tayinlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, Kozimjon Hasanov 1997 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini, 2000 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi – o‘quv ishlari koordinatori, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxus, kasb-hunar ta’limi markazi va qator xususiy maktablarda rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ayni vaqtda poytaxt Toshkentda maktablarida boshqa hududlardagiga nisbatan yaxshiroq sharoitlar yaratilganiga qaramay, ularda oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 116 ta maktabda 10 foizdan, 152 ta maktabda 20 foizdan kam. 

QALAMPIR.UZ'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kozimjon Hasanovning Toshkent shahar XTB boshlig‘i lavozimiga tayinlov joriy yilning 21 noyabr kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan amalga oshirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Kozimjon Hasanov

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar