Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bergan.

Dilmurod Mirsodiqov boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari — IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaradi.

Tayinlovga qadar polkovnik Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, Dilmurod Mirsodiqov 1979 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000 yili O‘zbekiston IIV Akademiyasini tamomlagan

Ichki ishlar organlari tizimidagi faoliyatini 2000 yili Shayxontohur tumani IIB Tergov bo‘limi tergovchisi sifatida boshlagan. 2010 yilga qadar Shayxontohur tumani IIB va Toshkent shahar IIBBning tergov bo‘linmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

2010-2014 yillarda O‘zbekiston IIV Tergov bosh boshqarmasi (hozirgi Tergov departamenti) da bo‘lim boshlig‘i sifatida, 2014 yildan 2019 yilgacha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 

2019 yil aprelidan avgustigacha Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘linmalarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing