Toshkent shahar hokimligi ma’sullaridan biri vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari kotibiyati mudiri vafot etdi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, kotibiyat mudiri Malika Rasulova bugun, 12 avgust kuni 52 yoshida vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Malika Rasulova 1969 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

Malika Rasulova 1991-2004 yillarda Olmazor tumanidagi 185-maktab o‘qituvchisi, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktorining o‘rinbosar;

2004-2009 yillarda Olmazor tumani hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi bosh mutaxassisi;

2009-2014 yillarda Toshkent shahar hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kotibiyati bosh mutaxassisi;

2014-2016 yillarda Toshkent shahar hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kotibiyati mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

U 2016 yildan hozirgacha Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi kotibiyati mudiri o‘laroq ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

758

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing