Toshkentda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 18 aprel kuni Toshkent shahrida kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu bois shahar hokimligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. 

Qayd etilishicha, shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.

“Sizdan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmaslikni,  avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, uzoq muddatli quruq ob-havodan so‘ng, bugun, 18 aprel kuni O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston ustida shakllangan yuqori siklon bilan bog‘lik nam havo massasi tarqala boshlaydi.

19-20 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlariga siklon ta’siri tarqaladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 20 aprelda 23-28 darajani tashkil etadi.

18 va 19 aprelda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing