Toshkent prokurori yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Erkin To‘raqulovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.

Erkin Yo‘ldoshev muqaddam Toshkent prokuraturasida ishlagan, 2017 yil aprelida bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

U 2023 yil 14 yanvar kuni Prezident farmoni bilan “III darajali davlat adliya maslahatchisi” maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) olgan edi. Oradan ikki kun o‘tib, u Toshkent shahar prokurori etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Komplaens xizmat Toshkent prokurori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing